Shvetsiya 20 nafar o‘zbekistonlikni deportatsiya qildi
Shvetsiya migratsiya qonunchiligini buzgani uchun 20 nafar O‘zbekiston fuqarosini deportatsiya qildi. Ushbu fuqarolar 12-may kuni Shvetsiyadan charter reys orqali Toshkent xalqaro aeroportiga yetib keldi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.
O‘zbekiston va Shvetsiya vakolatli organlari ikki tomonlama hamkorlik doirasida barcha tashkiliy va huquqiy tartib-taomillar, jumladan, fuqarolarni identifikatsiya qilish, hujjatlarni rasmiylashtirish va xavfsiz tashishni ta’minlash masalalarini tezkorlik bilan kelishib oldi, deyiladi xabarda.
Avvalroq O‘zbekistonga charter reys orqali AQShdan deportatsiya qilingan 26 nafar fuqaro keltirilgan edi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter