Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sirdaryoda salkam 3 mlrd so‘mlik kredit pullari talon-toroj qilindi

Sirdaryoda salkam 3 mlrd so‘mlik kredit pullari talon-toroj qilindi

Foto: Prokuratura departamenti

Sirdaryo viloyatida 2,9 mlrd so‘mlik kredit mablag‘larini talon-toroj qilish holati fosh etildi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boyovut tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda fuqaro U.B. 3 nafar fuqaroning nomiga «B.A.»,«O.F.» MChJ va «A.» fermer xo‘jaligini rasmiylashtirgan. So‘ngra ushbu korxonalarga tijorat bankidan chorva mollarini sotib olish uchun ajratilgan jami 2,9 mlrd so‘mlik kredit mablag‘lari evaziga sotib olingan chorva mollarini naqd pulga sotib yuborib, talon-toroj qilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring