Toshkent aeroportida yo‘lovchini to‘nagan shaxs qo‘lga olindi
Toshkent xalqaro aeroportida yo‘lovchidan 9000 AQSh dollarini o‘g‘irlagan shaxs aniqlanib, qo‘lga olindi. Bu haqda Transport va turizm ob’yektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, 4-aprel kuni Jizzax viloyatida tug‘ilgan fuqaro Nyu-York — Toshkent reysi orqali O‘zbekistonga kelgan. U bagaj va qo‘l yuki tekshiruvi jarayonida hamyonidan 9000 dollar yo‘qolganini aniqlab, darhol huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan.
Xabar asosida olib borilgan tezkor choralar natijasida pul mablag‘lari va ularni o‘g‘irlagan shaxs topildi.
Aniqlanishicha, ushbu reysda bo‘lgan 1982-yilda tug‘ilgan xorijiy fuqaro jabrlanuvchini chalg‘itib, uning pullarini yashirin ravishda o‘g‘irlagan.
Gumonlanuvchi shaxs pulni samolyot ichida ko‘rib, uni olib o‘z hamyoniga solganini tan olgan va qilmishidan afsus bildirgan.
Hozirda holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter