AQShda 11 yoshli bolaga 5 yoshli ukasining o‘limi bo‘yicha ayblov qo‘yildi
5 yoshli Elias Reliford Kolorado shtatining Sentennial shahridagi uyida 11 yoshli akasi tomonidan o‘ldirilgani taxmin qilinmoqda.
AQShning Kolorado shtatida 11 yoshli bolaga 5 yoshli ukasi – Elias Relifordning o‘limi bo‘yicha ayblov qo‘yildi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa mart oyida Sentennial shahridagi uyda sodir bo‘lgan. Bola maktabdan keyin uxlab yotgan paytda halok bo‘lgani aytilmoqda.
Bolalar voyaga yetmagani sababli, rasmiylar Elias qanday o‘ldirilgani haqida aniq ma’lumotlarni oshkor qilmadi. Oila ham hozircha bu haqda gapirishdan bosh tortmoqda.
Shuningdek, ayblanuvchining shaxsi ham uning yoshi sababli ochiqlanmayapti. Ish yopiq tartibda ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, bunday og‘ir ayblovlarni 11 yoshli bolaga nisbatan qo‘yish juda kam uchraydi. Advokatlar fikricha, ayblov tomoni bolaning qasddan harakat qilganini isbotlashi kerak, himoya esa uning bunday jinoyat uchun yetarli psixologik yetuklikka ega emasligini ilgari surishi mumkin.
Hozirda bola voyaga yetmaganlar muassasasida saqlanmoqda. Agar aybdor deb topilsa, unga 7 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter