Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent atrofidagi avtoturargohlar poytaxtga kirishni cheklamaydi

Toshkent atrofidagi avtoturargohlar poytaxtga kirishni cheklamaydi

Foto: Xabar.uz

Prezident matbuot xizmatining «poytaxtga kelayotgan mehmonlar avtomobilini shaharga kirishda qoldirib, tez va xavfsiz jamoat transportida harakatlanishi mumkin bo‘ladi», degan xabari ayrim OAVlarda va ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri talqin qilinmoqda

Poytaxtga kirish nuqtalarida tashkil etilayotgan turargohlar mehmonlarga shaharga kirishni cheklash yoki avtomobil harakatini taqiqlashni nazarda tutmaydi.

Mazkur turargohlar Toshkentga kelayotgan fuqarolar uchun qo‘shimcha ixtiyoriy tanlov va qulaylik sifatida joriy etilmoqda.

Ya’ni, haydovchilar o‘z istagiga ko‘ra avtomobilini ushbu joylarda qoldirib, qulay jamoat transporti orqali harakatlanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bunday yechimlar dunyoning yirik shaharlarida keng qo‘llanilayotgan amaliyot sifatida fuqarolarga qo‘shimcha qulaylik ko‘rinishida taklif etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring