Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdan Chorvoqqa 35 daqiqada borish mumkin bo‘lgan pullik yo‘l loyihasi muhokama qilindi

Toshkentdan Chorvoqqa 35 daqiqada borish mumkin bo‘lgan pullik yo‘l loyihasi muhokama qilindi

Foto: Viloyat hokimligi axborot xizmati

Toshkent viloyati hokimligida viloyat hokimi o‘rinbosari Sh. Mahmudov hamda Qatarning «Protocol Capital Group» va Janubiy Koreyaning «Korea Expressway Corporation» kompaniyalari vakillari bilan Toshkent–Chorvoq pullik avtomobil yo‘lini qurish loyihasi yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.

Uchrashuvda loyihaning texnik va investitsiyaviy jihatlari, zamonaviy yo‘l infratuzilmasini shakllantirish hamda hudud transport salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Ma’lum qilinishicha, loyiha doirasida uzunligi 52 kilometr bo‘lgan zamonaviy avtomobil yo‘lini qurish rejalashtirilgan. Uni amalga oshirish uchun 3 yil muddat belgilangan.

Loyiha amalga oshirilgandan so‘ng Toshkent shahridan Chorvoq suv omborigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tish vaqti hozirgi 1 soat 20 daqiqadan 35 daqiqagacha qisqarishi mumkin.

Shu bilan birga, yangi trassa xavfsiz va yuqori tezlikda harakatlanish imkonini beruvchi zamonaviy transport yo‘lagi sifatida shakllantirilishi rejalashtirilmoqda.

Qayd etilishicha, yangi avtomobil yo‘li sayyohlar oqimini ko‘paytirish, xizmat ko‘rsatish sohasini kengaytirish va hududda tadbirkorlik faolligini oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring