Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uylar atrofida bolalar uchun maydonchalar bo‘lishi shart etib belgilanadi

Uylar atrofida bolalar uchun maydonchalar bo‘lishi shart etib belgilanadi

Foto: Xabar.uz

Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar o‘ynashi uchun maydonchalar bo‘lishi lozim.

Adliya vazirligi Ko‘p kvartirali uylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalari (ro‘yxat raqami 3824, 29.04.2026-y.)ni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Boshqarish organi aholiga qulaylik yaratish maqsadida:

- ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasida o‘rindiqlar o‘rnatishi;

- tegishli masofada chiqindilarni tashlash uchun chiqindilarni ajratuvchi o‘rnalar joylashtirishi lozim.

Uylarga tutash yer uchastkalarida quyidagi umumiy foydalanish maydonchalari bo‘lishi kerak:

- maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar o‘ynashi uchun;

- katta yoshdagi aholining dam olishi uchun;

-jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish uchun;

- maishiy chiqindilarni yig‘ish uchun;

- it va boshqa uy hayvonlarini sayr qildirish uchun;

- velosiped va boshqa mobil vositalarni (samokat, nogironligi bo‘lgan shaxslar va bolalarning aravachalari) saqlash uchun.

Uylarga tutash yer uchastkasi hamda infratuzilma obyektlari obodonlashtirilishi, daraxtlar va o‘simliklarga, o‘tish yo‘lkalari va trotuarlarga suv sepish uchun muhandislik-texnik qurilmalar bilan jihozlanishi, elektr yoritish tizimiga ega bo‘lishi kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring