Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Xalq o‘zining kimligini bilishga bel bog‘ladi»: Qudratilla Rafiqovdan katta maqola

«Xalq o‘zining kimligini bilishga bel bog‘ladi»: Qudratilla Rafiqovdan katta maqola

«Uzoq yillar ko‘p balolarni boshidan kechirishga majbur bo‘lgan bu xalq endilikda o‘z kimligini topishga, ma’naviy yangilanishga bel bog‘ladi», deyiladi siyosatshunos Qudratilla Rafiqov maqolasida

Siyosatshunos Qudratilla Rafiqov «Rossiyskaya gazeta»da e’lon qilingan maqolasida tarixiy xotira va milliy o‘zlikni anglash haqidagi mushohadalarini ifoda etdi.

Maqolaning o‘zbekcha asl ko‘rinishi "Alamim bor" deb nomlanadi va OAVda e’lon qilingan

Muallif yaqin o‘tmish haqida fikr yuritar ekan, ajdodlarimiz kimu, bu dunyoda joyimiz qayerda bo‘lganini unutib qo‘yganimiz, eng alamlisi, zamonaviy dunyo sahnidagi madaniy va tarixiy o‘rnimiz qumga sing­gan suvday «yo‘qolib» qolganini tak’idlaydi.

Bugun esa O‘zbekiston qanday yo‘lga kirganini va bu yerda nimalar bo‘layotganini barcha ko‘rib, his qilib turganiga ishonishini bildiradi:

«Bir nozik jihat borki, buni hammayam ilg‘ab olayotganiga shubham bor. Men ilgarigi bir necha maqolalarimda bildirgan fikrimda sobitman — uzoq yillar ko‘p balolarni boshidan kechirishga majbur bo‘lgan bu yurt va uning xalqi endilikda nafaqat mamlakat suverenitetini mustahkamlash, balki unuttirilgan va bag‘ridan yulib olingan ulug‘ o‘tmish xotirasi, madaniyati va ajdodlari merosini tiklash hamda bu sharafli harakat o‘laroq o‘z kimligini topishga, ma’naviy yangilanishga bel bog‘ladi, desam, to‘g‘ri bo‘ladi», — deb yozadi Q.Rafiqov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring