Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi mamlakat xalqining nafratiga uchradi

Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi mamlakat xalqining nafratiga uchradi

Foto: Starnewskorea.com

Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi Xon Myon Bo mamlakat xalqining nafratiga uchradi. Hatto prezidentning shaxsan o‘zi uni layoqatsiz deb atadi.

Koreyslar JCh-2026ni tark etishdi — kaltakning eng og‘ir zarbalari JARga qarshi kechgan mash’um uchrashuvda Son Xyon Minni asosiy tarkibga kiritmagan Xon Myon Boga tegmoqda.

Gap faqat shu qarorda emas — jamoa umuman olganda turnirni muvaffaqiyatsiz yakunladi. 1-turda Chexiya ustidan g‘alaba qozonildi (2:1), ammo mezbon Meksika hamda JARga qarshi o‘yinlar minimal hisobda (0:1) boy berildi. To‘plangan 3 ochko va to‘plar nisbati (-1) koreyslarning guruhdan chiqishi uchun kamlik qildi.

Futbolchilardan hafsalasi pir bo‘lganini Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myon ham ochiqchasiga bildirdi: u kutilmagan natijadan «karaxt holatga tushib qolgani» va «butunlay hayratda» ekanini aytdi. Prezident Li bosh murabbiyni layoqatsiz deya ta’riflab, uni bu lavozimga tayinlaganlarni javobgarlikka tortishga chaqirdi. U sport vazirligidan puxta tekshiruv o‘tkazishni va aslo bunday holatga yo‘l qo‘ymaslikni so‘radi.

Janubiy Koreyadagi ayrim do‘konlarda esa «Xon Myon Boning kirishi taqiqlanadi» degan yozuvlar paydo bo‘ldi.

Tabiiyki, bunday nafrat va bosimga bardosh bera olmagan Xon Myon Bo bosh murabbiylikdan iste’foga chiqishini e’lon qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring