Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shahrisabz tumani hokimiga nisbatan taqdimnoma kiritildi

Shahrisabz tumani hokimiga nisbatan taqdimnoma kiritildi

Samad Hasanov.

Foto: Shahrisabz tumani hokimligi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hokim Samad Hasanov bo‘yicha Qashqadaryo viloyati hokimligiga taqdimnoma kiritdi. 

Ijtimoiy tarmoqlarda Shahrisabz tumani hokimi Samad Hasanov mahalliy aholining xonadoniga kirib davlat fuqarolik xizmatchisining odob-axloq qoidalariga zid xatti-harakatlar qilganligi keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘ldi, deyiladi agentlik xabarida.

Holat yuzasidan agentlik quyidagilarni ma’lum qildi:

Har qanday darajadagi rahbar fuqarolar bilan muloqotda davlat xizmatchisi odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya qilishi shart. Fuqarolarning shaxsiy hayoti daxlsizligini buzish, ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish, shuningdek, asoslanmagan ma’muriy bosim o‘tkazish qonunchilikka va etika me’yorlariga mutlaqo zid.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalari buzilishining oldini olishga qaratilgan ishlarni muvofiqlashtirish vakolati doirasida viloyat hokimligiga holat yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda xizmat tekshiruvi o‘tkazish hamda huquqiy baho berish bo‘yicha taqdimnoma kiritdi.

Eslatib o‘tish kerak, hokim Shahrisabz tumanidagi xonadonlardan birining tozalik holatini tanqid qilib, uy egasiga tanbeh bergandi. Bu holat videosi internetda tarqaldi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring