Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aktrisa Nilufar Hamidova qamaldi

Aktrisa Nilufar Hamidova qamaldi

Videodan kadr

Aktrisa Nilufar Hamidova 7 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari xabar berdi. 

Bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudida ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan 1978-yilda tug‘ilgan, aktrisa-bloger N. Hamidovaga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik ishi ko‘rib chiqildi.

​Sudning qaroriga ko‘ra, aktrisa MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan aybdor deb topilib, unga shu modda bilan 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Avvalroq uning xatti-harakatlari yuzasidan ma’muriy ish sudga yuborilgani ma’lum bo‘lgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring