Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farrux Zakirov Qozog‘istonda ham taqdirlandi

Farrux Zakirov Qozog‘istonda ham taqdirlandi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev O‘zbekiston va Qozog‘iston xalq artisti Farrux Zakirovni 80 yoshga to‘lishi munosabati bilan tabrikladi.

Davlat rahbari o‘z tabrigida san’atkorning ko‘p yillik ijodi va madaniyat sohasiga qo‘shgan ulkan hissasini alohida ta’kidladi.

«Tabiiy iste’dodingiz, so‘nmas hayotiy energiyangiz va betakror mehnatsevarligingiz tufayli butun dunyo bo‘ylab millionlab muxlislar mehriga sazovor bo‘ldingiz. Sizning san’atingiz turli avlod va xalqlarni birlashtirib kelmoqda», – deyiladi tabriknomada.

To‘qayev, shuningdek, Farrux Zakirovning «Yalla» ansamblidagi ijodini yuqori baholab, uni butun bir davrning madaniy fenomeni sifatida ta’rifladi.

Qozog‘istonda ham san’atkorning o‘ziga xos ovozi va mashhur qo‘shiqlari katta qadrlanishi qayd etildi.

Farrux Zakirov ikki davlat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash va musiqa san’ati rivojiga qo‘shgan hissasi uchun Qozog‘istonning II darajali «Dostiq» ordeni bilan taqdirlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring