Zamonaviy kino dolzarb kayfiyat va ma’nolarni aks ettiradi
Dohadagi kino festivali mustaqil va mualliflik kinosining eng muhim maydonlaridan biri bo‘lib, o‘ziga xos qarashlar va dadil badiiy pozitsiyaga ega bo‘lgan rejissyorlarga o‘z fikrlarini bildirish imkonini beradi.
Festival dasturidan o‘nlab mamlakatlardan filmlar o‘rin olgan; yosh mualliflar va mahalliy kinoijodkorlarga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, ular uchun maxsus bo‘limlar va tanlov dasturlari tashkil etilgan.
«Kecha Qatar poytaxtining diqqatga sazovor madaniy maskanlarida bo‘lib o‘tayotgan ushbu festivalga tashrif buyurdim. Zamonaviy kino — dolzarb kayfiyat va ma’nolarni aks ettirish, ayni paytda jamiyatimizni qanday mavzular tashvishga solayotganini tushunish usulidir», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter