Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tom Kruz faoliyatidagi ilk «Oskar»ni oldi

Tom Kruz faoliyatidagi ilk «Oskar»ni oldi

Foto: AP Photo/Chris Pizzello

Tom Kruzga kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun faxriy «Oskar» mukofoti topshirildi.

Bu 63 yoshli aktyor qo‘lga kiritgan ilk «Oskar». U bungacha «4-iyulda tug‘ilgan», «Jerri Maguayr», «Magnoliya» va «Meverik: Eng yaxshi mergan» filmlari uchun to‘rt marta mukofotga nomzod bo‘lgan.

Taqdirlash marosimida so‘z olgan aktyor kino unga tafovutlarni qadrlash va hurmat qilishda yordam berishini ta’kidladi. «Qayerlik ekanimizdan qat’i nazar, kinoteatrda birgalikda kulamiz, his etamiz, umid qilamiz — ushbu san’atning kuchi shunda. Aynan shuning uchun u muhim, jumladan, men uchun ham. Shu ma’noda filmlarni suratga olish — men uchun shunchaki kasb emas, balki hayotim mazmuni», — Tom Kruzdan iqtibos keltirdi Variety nashri.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring