Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi nomi e’lon qilindi

Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi nomi e’lon qilindi

Vengriyalik yozuvchi Laslo Krasnaxorkai adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Mukofot uning "qiyomat dahshati sharoitida san’atning qudratini yana bir bor isbotlagan ishonchli va teran ijodi uchun" berildi.

“Laslo Krasnaxorkai – Kafka va Tomas Bernxard davridan qolgan Markaziy Yevropa an’analariga mansub buyuk epik yozuvchi”, — ta’kidladi Nobel qo‘mitasi. 

Laslo Krasnahorkai 1985-yilda "Shaytanat tangosi" romani nashr etilishi bilan mashhur bo‘ldi. Uning boshqa mashhur romanlari orasida "Qarshilik g‘amginligi", "Urush va urush" ham bor.

Adabiyot bo‘yicha 2024-yilgi Nobel mukofoti janubiy koreyalik yozuvchi Xan Kangga “tarixiy jarohatlarga qarshi kurashuvchi va inson hayotining mo‘rtligini ochib beruvchi boy, she’riy nasri uchun” berilgandi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring