Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

ADM Global Kia, Chery, Great Wall Motor va Changan brendlari bilan avtomobil sanoati muhandislik elitasini tayyorlash — «Muhandislik forsajini» ishga tushirmoqda

ADM Global Kia, Chery, Great Wall Motor va Changan brendlari bilan avtomobil sanoati muhandislik elitasini tayyorlash — «Muhandislik forsajini» ishga tushirmoqda

ADM Global "Muhandislik forsaj" keng miqyosli o‘quv dasturi boshlanganini e’lon qildi. Tashabbus jahon avtomobil ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalari Kia Corporation, Chery Automobile, Great Wall Motor (GWM) va Changan Automobile Group bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda va O‘zbekistonda yuqori malakali muhandis-texnik mutaxassislar zaxirasini yaratishga qaratilgan.

Strategik maqsad — 2030 yilgacha 500 nafardan ortiq muhandislar

Dastur 5 yilga (2030 yilgacha) mo‘ljallangan. Loyihaning asosiy maqsadi milliy avtomobil sanoati rivojlanishining drayveriga aylanadigan 500 nafarga yaqin mahalliy yuqori malakali muhandislarni tayyorlash va malakasini oshirishdan iborat. Mashg‘ulotlar Xitoy va Janubiy Koreyaning yetakchi texnika universitetlari bazasida, shuningdek, avtomobil ishlab chiqaruvchi hamkorlarning ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik (R&D) hamda dizayn markazlarida o‘tkaziladi.

Loyiha ikkita asosiy yo‘nalishga bo‘lingan:

1-yo‘nalish. Amaldagi mutaxassislarning malakasini oshirish

ADM Global kompaniyalar guruhi muhandislari va texnologlari Koreya va Xitoyda joylashgan Kia, Chery, GWM va Changan Global R&D va dizayn markazlarida 3 oydan 12 oygacha o‘rta va uzoq muddatli amaliyot o‘tashlari mumkin. Bu jahon avtomobil sanoati yetakchilarining tajribasini bevosita o‘zlashtirish imkonini beradi.

2-yo‘nalish. Yuqori darajali mutaxassislarni tayyorlash

O‘zbekiston texnika oliy o‘quv yurtlari talabalari tanlov asosida saralab olinadi va Xitoyning asosiy avtomobil ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik qiluvchi universitetlarida bepul o‘qishni davom ettirishlari mumkin bo‘ladi. Dastur zamonaviy avtomobil sanoati ehtiyojlariga mos keladigan maksimal darajadagi amaliy va ixtisoslashtirilgan ta’limga yo‘naltirilgan.

Tayyorgarlikning muhim yo‘nalishlari

Dastur nafaqat avtomobillarga xizmat ko‘rsata oladigan mutaxassislarni shakllantirishga qaratilgan. Bitiruvchilar yangi mahsulotlarni ishlab chiqish, innovatsion uzellar va butlovchi qismlarni loyihalash, o‘zlarining muhandislik yechimlarini sinab ko‘rish va ularni amaliy ishlab chiqarishga joriy etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ta’limning ustuvor yo‘nalishlari:

Avtomobil sanoatida telematika va bulutli texnologiyalar;

Uzel va butlovchi qismlarni loyihalash va R&D;

Tashqi panellar va kuzov qismlarini loyihalash;

Texnologik asbob-uskunalarni loyihalash va yasash;

Avtomobillar va butlovchi qismlarning funksional sinovlarini o‘tkazish;

Asbobsozlik;

Dastgohsozlik;

Robototexnika va mashinasozlik.

"Muhandislik forsaj" dasturining amalga oshirilishi O‘zbekistonga avtomobillarni yig‘ishdan chuqur mahalliylashtirishga va yuqori texnologik yechimlarni mustaqil ravishda ishlab chiqishga o‘tish, mamlakatning jahon avtomobil bozoridagi mavqeini mustahkamlash imkonini beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring