Amerikaliklar «eng muhim narsa»ni tanlashdi — xavotirli
Wall Street Journal yaqinda o‘tkazgan so‘rov amerikaliklar nimani eng muhim deb hisoblashlarini ko‘rsatdi.
Natijalar hayratlanarli va xavotirli: amerikaliklarda vatanparvarlik, din, farzand ko‘rish va jamiyat hayotida ishtirok etishga qiziqish pasaygandan-pasayib bormoqda.
So‘rovga ko‘ra, vaqtlar o‘tsa-da, faqat bir narsaning ahamiyati bir tekisda oshib boryapti va odamlar (amerikaliklar) uni «juda muhim» deb hisoblashadi. Bu — pul.

Odamlar hokimiyat asrlar davomida fuqarolarga tiqishtirgan mavhum hodisalar emas, balki o‘z qo‘llaridagi pullar baxt keltirishiga tobora ko‘proq ishonch hosil qilishmoqda.
Bu, o‘z-o‘zidan, pul keltiradigan barcha narsalar, birinchi navbatda, bozor iqtisodiyoti, biznesning ahamiyati oshishda davom etishini anglatadi. Bu yana shundan dalolatki, odamlar siyosatchilar va diniy arboblarga kamroq quloq tutib, moliyaviy maslahatchilar va omadli tadbirkorlarga ergashishni boshlaydi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter