Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh va Kanada kelisha olmadi: 50 foizlik boj kuchga kirdi

AQSh va Kanada kelisha olmadi: 50 foizlik boj kuchga kirdi

Foto: AP Photo

AQSh va Kanada uch kunlik muzokaralardan so‘ng savdo kelishuviga erisha olmadi. Shundan so‘ng Vashington Kanadadan import qilinadigan ayrim tovarlarga 50 foizlik boj joriy etishini ma’lum qildi.

Donald Tramp ma’muriyatining vakili ma’lum qilishicha, umumiy qiymati qariyb 20 milliard dollar bo‘lgan Kanada tovarlariga bojlar shanba kuni yarim tunda kuchga kiradi.

Kanada bosh vaziri Mark Karni ham AQSh bilan savdo muzokaralarini to‘xtatganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ottava yangi bojlar joriy etilishiga «dollar uchun dollar» tamoyili asosida, ya’ni mutanosib javob qaytaradi.

Vashingtonda uch kun davom etgan muzokaralarda AQSh savdo vakili Jeymison Grir va Kanada tomonidan AQSh bilan savdo masalalari bo‘yicha vazir Dominik Leblan ishtirok etdi.

AQSh va Kanada o‘rtasidagi savdo muzokaralari iyul oyida, Tramp Kanadadan import qilinadigan ayrim tovarlarga 50 foizlik boj joriy etish bilan tahdid qilgach, faollashgan edi.

Hafta boshida Tramp ushbu bojlarni vaqtincha to‘xtatib, ikki tomon ham yaqin orada har ikki davlat uchun «juda foydali» bo‘ladigan savdo kelishuvini imzolashi mumkinligini bildirgan edi.

Biroq juma kuni Kanada bosh vaziri AQSh bilan muzokaralarni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilganini va Kanada muzokarachilariga Ottavaga qaytishni buyurganini ma’lum qildi.

«Ular muzokaralar davomida so‘nggi daqiqagacha kanadaliklarning manfaatlarini himoya qilib, vijdonan va astoydil ishladilar. Biroq AQSh tomonidan taklif etilgan shartlarga so‘nggi daqiqada kiritilgan o‘zgartishlar adolatsiz, iqtisodiy jihatdan foydasiz bo‘ldi va har qanday kelishuvning ishonchliligiga shubha tug‘dirdi», — dedi Karni.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring