Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Asqar Akayevga nisbatan ochilgan jinoiy ish to‘xtatildi

Asqar Akayevga nisbatan ochilgan jinoiy ish to‘xtatildi

Foto: Izvestiya

Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralari respublikaning birinchi prezidenti Asqar Akayevga nisbatan Qumtor konidagi korrupsiya bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini to‘xtatdi.

Bu haqda «24.kg» agentligi Qirg‘iziston Bosh prokuraturasining xalqaro-huquqiy hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Asilbek Akmatovga  asoslanib xabar berdi.

«Asqar Akayevga nisbatan jinoiy ta’qib, shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish bo‘yicha da’vo muddati o‘tgani munosabati bilan tugatildi», — deydi Akmatov.

Akayevga nisbatan mansab vakolatini yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilganlik, 1992-yilda «Cameco» kompaniyasi bilan shartnoma tuzish va 2003-yilda «Qumtor» loyihasidagi korrupsion holatlar bo‘yicha jinoiy ochilgandi. 

Eslatib o‘tamiz, 2021-yil avgustda Akayev uzoq yillik qochqinlikdan so‘ng, vatanga kelgan va korrutsiyaviy holatlar bo‘yicha amaldagi hukumat bilan hamkorlik qilishinii ochiqlagandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring