Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Barcha davrlarning eng yaxshi ilmiy-fantastik filmlari reytingi tuzildi

Barcha davrlarning eng yaxshi ilmiy-fantastik filmlari reytingi tuzildi

«Yulduzlar jangi: IV fasl — Yangi umid» filmidan kadr.

Foto: 20th Century Fox

Collider portali barcha davrlarning eng qiziqarli ilmiy-fantastik filmlari reytingini tuzdi. Unga 10 ta film kiritildi.

Birinchi o‘rinni Jorj Lukasning «Yulduzlar jangi: IV fasl — Yangi umid» filmi egalladi. «Bu mukammal ko‘ngilochar kinoasarni tomosha qilib, undan hech qanaqa zavq olmagan tomoshabin borligini tasavvur qilish qiyin. Chunki unda barcha kutilmalar va an’analar mavjud, ammo ular mukammal tarzda uyg‘unlashtirilgan», — deyiladi xabarda.

Ikkinchi o‘rinda — Stiven Spilbergning «Yura davri bog‘i-1» filmi. «Kelajakda dinozavrlar haqida ajoyib film yaratilishi mumkindir, ammo u bunisi kabi ulug‘vor bo‘la olmaydi», — deyiladi filmga berilgan ta’rifda.

Kuchli uchlikni Robert Zemekisning «Kelajakka qaytish» filmi yakunladi.

Shuningdek, reytingga quyidagi filmlar ham kiritildi: «Tinch okeani chegarasi», «O‘rgimchak-odam: Olamlar osha», «Yuzsiz», «Hamma narsa, har yerda va birdaniga», «Godzilla: So‘nggi janglar», «Oramizdagi begonalar» va «Galaktika qo‘riqchilari».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring