Beeline Academy sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik bo‘yicha bepul kurslarga qabul e’lon qilmoqda
Beeline Uzbekistan Tashkent International University of Education (TIUE) bilan hamkorlikda Beeline Academy dasturining yangi bosqichini ishga tushirmoqda. Ushbu dastur doirasida 500 nafar aniq fanlar o‘qituvchilari sun’iy intellektni (SI) o‘quv jarayonida amaliy qo‘llash va kiberxavfsizlik asoslarini bepul o‘rganadi. Dastur 2026 yil 25 mayda boshlanadi.
Loyiha mamlakatda STEM-ta’limni rivojlantirish doirasida amalga oshirilmoqda. Bu yil dastur ishtirokchilari doirasi kengaymoqda: informatika o‘qituvchilari bilan bir qatorda mamlakatning barcha hududlaridagi davlat va xususiy maktablar, litseylar, kollejlar va oliy o‘quv yurtlarining matematika va fizika o‘qituvchilari ham o‘qishga taklif etilmoqda.
Trening to‘rt hafta davomida jonli interaktiv mashg‘ulotlar shaklida onlayn tarzda o‘tkaziladi. Ishtirokchilar o‘zbek va rus tillari bo‘yicha guruhlarga bo‘linadi. Dastur yangi mavzular va kengaytirilgan amaliy blokni o‘z ichiga oladi, shuningdek, Beeline Academy doirasida ilgari ta’lim olganlar ham ishtirok etishlari mumkin.
Dastur quyidagi mavzularni qamrab oladi:
· SI yordamida dars, topshiriq va testlar tayyorlash
· murakkab mavzularni raqamli vositalar yordamida tushuntirish
· kod va algoritmlar bilan ishlash
· o‘quvchilar xatolarini tahlil qilish
· ta’lim muhitida kiberxavfsizlik
«Bugungi kunda sun’iy intellekt ta’lim berish va bilim olish uslubimizni butkul o‘zgartirmoqda – aynan o‘qituvchilar esa bu islohotlarning markazida turibdi. Bu yil biz Beeline Academy dasturini kengaytirmoqdamiz: safimizga aniq fanlar o‘qituvchilari qo‘shilmoqda, kurs dasturi esa yangi yo‘nalishlar bilan boyitildi. Kiberxavfsizlik bloki bu jarayonda alohida o‘rin egallaydi: raqamli savodxonlik va tarmoqdagi ongli xulq-atvor zamonaviy ta’limning ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Raqamli muhitda tahdidlarni aniqlash hamda o‘zini va o‘quvchilarini himoya qila olish ko‘nikmasi yaqin kelajakda har bir pedagogning kasbiy kompetensiyasining bir qismiga aylanadi», — dedi Beeline Uzbekistan bosh direktori Yevgeniy Nastradin.
«Tashkent International University of Education o‘qituvchilarga zamonaviy texnologiyalarni o‘rgatish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihaning bir qismi bo‘lganidan mamnun. Biz “Beeline Academy” bilan hamkorlikda sun’iy intellekt sohasidagi amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish uchun qulay onlayn muhit yaratmoqdamiz. Bu O‘zbekistonda raqamli ta’limni rivojlantirish va IT mutaxassislarini tayyorlash yo‘lidagi muhim qadamdir”, – deb ta’kidladi TIUE rektori Nosir Xo‘jayev.
Dasturda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish hamda aniq fanlar – informatika, matematika yoki fizika o‘qitilishini tasdiqlovchi ish joyidan ma’lumotnoma ilova qilish kerak.
Dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilar malaka oshirganlik to‘g‘risidagi hujjatni qo‘lga kiritadilar.
Kurslarga ro‘yxatdan o‘tish maxsus Telegram-bot @Beeline_Tiue_AI_Bot orqali amalga oshiriladi.
Dasturda ishtirok etish bo‘yicha savollar yuzasidan quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin: +998 55 512 20 20
2023 yilda Beeline Academy ishga tushirilgan paytda Beeline Uzbekistan IT ta’limini rivojlantirish loyihasiga 150 000 AQSh dollari investitsiya kiritdi. 2023-2024 yillarda 50 nafar tinglovchi – boshlang‘ich va professional darajadagilar – kiberxavfsizlik kurslarini tugatdi.
2024 yilda 210 dan ortiq informatika o‘qituvchisi neyron tarmoqlar, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, kibergigiyena, Python, 3D-grafika va Frontend-dasturlash bo‘yicha malaka oshirish kurslarini o‘tadi. 2025 yilda esa Beeline Academy va TIUE dasturi doirasida taxminan 1000 nafar o‘qituvchi ta’lim jarayonida SI texnologiyalarini qo‘llash kurslarini muvaffaqiyatli yakunladi.
Beeline Uzbekistan xodimlarni rivojlantirish va korporativ madaniyatga qo‘shgan hissasi uchun EMBRAS xalqaro mukofoti va Top Employer sertifikatiga sazovor bo‘lgan.
Beeline Uzbekistan haqida
Beeline Uzbekistan («Unitel» MChJ) 2006 yil 12 sentyabrdan boshlab ushbu savdo belgisi ostida raqamli operator sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Kompaniya mamlakatdagi yirik soliq to‘lovchilardan biri bo‘lib, O‘zbekistondagi faoliyati davomida taxminan 2,1 milliard AQSh dollari miqdorida soliq to‘lagan. 2 000 dan ortiq xodimga ega Beeline Uzbekistan Top Employer 2024, 2025 va 2026 sertifikatiga sazovor bo‘lgan.
Beeline Uzbekistan VEON Group tarkibiga kiradi. VEON 2006 yildan buyon O‘zbekiston telekommunikatsiya sohasiga 1,6 mlrd AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritgan.
VEON — bu 150 milliondan ortiq aloqa va 229 million raqamli foydalanuvchiga aloqa va raqamli xizmatlar ko‘rsatuvchi raqamli operator. Dunyo aholisining 6 % dan ortig‘i yashaydigan beshta mamlakatda faoliyat yuritib, VEON insonlarning imkoniyatlarini kengaytirish va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish uchun texnologiyalarga asoslangan xizmatlar orqali hayotni o‘zgartirmoqda. VEON aksiyalari NASDAQ birjasida sotiladi. Batafsil ma’lumot: www.veon.com.
Sayt: beeline.uz
Facebook: @beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: @beelineuzbekistan
X: @beeline_uz
LinkedIn: @beeline-uzbekistan


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter