Ben Kingsli islom sivilizatsiyasi daholari haqida butun dunyoga so‘zlaydi
Euronews, BBC va CNN xalqaro telekanallari O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi haqida “Oskar” mukofoti sohibi Ben Kingsli ishtirokida suratga olingan roliklar namoyishini boshladi.
“Ma’rifat aks-sadosi” turkum filmlarida u yurtimizning buyuk daholari — Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Navoiy va Amir Temur haqida butun dunyoga hikoya qiladi. Maxatma Gandi, Ibn Sino hamda “Fors shahzodasi” filmida Nizom obrazlarini yaratgan afsonaviy aktyor Sharqning ulug‘ merosi ovoziga aylandi.
“Ma’rifat aks-sadosi” — bu buyuk sivilizatsiyalar ovozidir. Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan O‘zbekiston bugun jahon tamaddunining taraqqiyot yo‘lini o‘zgartirgan buyuk siymolarni dunyoga yana bir bor eslatmoqda. Biz buyuk shaxslar, sivilizatsiyalar va kashfiyotlar haqida — dadil, yorqin va zamonaviy tarzda so‘zlash, dunyoni ilhomlantirish niyatidamiz”, — deydi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori va WOSCU raisi Firdavs Abduxoliqov.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter