Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar oromgohlarda bepul dam olishi mumkin

Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar oromgohlarda bepul dam olishi mumkin

Foto: 1pnz.ru

Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etish, ularning sog‘lig‘ini mustahkamlash hamda ijtimoiylashuvini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamkorligida yangi ijtimoiy loyiha yo‘lga qo‘yildi.

Loyiha doirasida barcha hududlardan 7–14 yoshli jami 1 295 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola kasaba uyushmalari tizimidagi oromgohlarda 12 kun davomida dam oladi.

Bolalar oromgohlarda boshqa tengdoshlari bilan birgalikda, bir xil sharoitlarda hordiq chiqaradi. Bu ularning jamiyatga integratsiyalashuvi, do‘stona muhitda muloqot qilishi va yorqin taassurotlarga ega bo‘lishiga xizmat qilishi kutilmoqda.

Loyiha ishtirokchilari uchun yo‘llanmalar va dam olish bilan bog‘liq barcha xarajatlar Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘liq qoplab berilmoqda.

Hozirgi kunda loyihaning birinchi bosqichi doirasida 1062 nafar bola oromgohlarga yuborilib, sog‘lomlashtirish tadbirlari boshlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring