Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bu urush – o‘lim va halokat olib keladi» – Irlandiya bosh vaziri

«Bu urush – o‘lim va halokat olib keladi» – Irlandiya bosh vaziri

Irlandiya bosh vaziri Mixol Martin AQSh prezidenti Donald Trampning Eronni «tosh asriga qaytarish» haqidagi keskin bayonotini tanqid qildi.

2-aprel kuni Newstalk radiosiga bergan intervyusida Martin bunday ritorika mutlaqo qabul qilib bo‘lmasligini ta’kidlab, urush eng avvalo oddiy insonlarga halokat olib kelishini aytdi.

«Biz bilamizki, Eron rejimi repressiv. Ammo bu urush rejimga aloqasi bo‘lmagan oddiy odamlarga o‘lim va vayronagarchilik keltirmoqda», – dedi u.

Martinning ta’kidlashicha, urushda ishtirok etmagan fuqarolar ham xavfsizlikka haqli va har qanday harbiy ritorika shu omilni inobatga olishi kerak.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring