Bugun qator hududlarda yomg‘ir yog‘ib, tog‘larda yog‘ingarchilik qorga aylanishi mumkin
«O‘zgidromet» ma’lumotiga ko‘ra, bugun O‘zbekiston hududida kam bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli ob-havo kuzatiladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysining ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shimoli-sharqiy yo‘nalishda 7–12 m/s tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi hududlarda chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin. Havo harorati 28–33 daraja bo‘ladi.
Toshkent shahrida kam bulutli, ba’zi vaqtlarda o‘zgaruvchan bulutli ob-havo kuzatiladi. Ertalab qisqa muddatli yengil yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimoli-sharqiy yo‘nalishda 5–10 m/s tezlikda shamol esadi. Havo harorati 28–30 darajani tashkil etadi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida o‘zgaruvchan bulutli ob-havo bo‘ladi. Ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘li hududlarda esa yog‘ingarchilik qorga aylanishi mumkin. Momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor.
Shimoli-sharqiy yo‘nalishda 7–12 m/s tezlikda shamol esadi, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 18–23 daraja bo‘ladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter