Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chiqindidan qarzdor 205 mingga yaqin abonentning elektr to‘loviga vaqtincha cheklov o‘rnatildi

Chiqindidan qarzdor 205 mingga yaqin abonentning elektr to‘loviga vaqtincha cheklov o‘rnatildi

Foto: Xabar.uz

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi bugun, 11 dekabr holatida respublika bo‘yicha chiqindi xizmatidan qarzdorligini qoplanmagan 204 895 ta abonentning elektr energiyasi uchun to‘lov qilish imkoniyatiga vaqtincha cheklov joriy etilgani ma’lum qiladi

Bungacha respublikada chiqindi xizmatlaridan yuzaga kelgan umumiy 20,1 mlrd so‘m debitor qarzdorlik uchun jami 231 014 ta abonent “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “2100” qisqa raqamidan “SMS” xabarnoma orqali ogohlantirildi. Shundan so‘ng, abonentlarga mavjud qarzdorligini bartaraf etish uchun 5 (besh) kun muddat berildi va ushbu davrda 9,4 mlrd so‘mlik to‘lovlar amalga oshirildi. Ayni paytda chiqindi xizmatlaridan respublika kesimida jami 18,2 mlrd so‘m debitor qarzdorlik mavjud. 

Eslatib o‘tamiz, mazkur cheklov qarzdorlik bartaraf etilishi bilanoq darhol yechiladi. 

Ma’lumot o‘rnida: 1044-sonli Qonuni bilan chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari bo‘yicha to‘lov intizomi tartibga solingan. Unga ko‘ra, har oyning 3-sanasiga qadar qarzdor abonentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Chiqindilarni boshqarish agentligining “Toza makon” billing elektron tizimidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning billing tizimiga uzatilmoqda. Ushbu tartib 2025 yil 30 iyungacha bo‘lgan qarzdorliklarga tatbiq etilmaydi. 2025 yilning 1 iyulidan chiqindi xizmatlaridan shakllangan qarzdorliklar uchun joriy yilning 5 noyabridan boshlab qo‘llanilmoqda. 

Avvalroq, 2026 yilning 1 yanvaridan chiqindi xizmatlari uchun to‘lovlarni faqatgina ko‘rsatilgan xizmatlar uchun onlayn tarzda amalga oshirilishi haqida xabar qilgan edik. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring