Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yetkazgan zarari o‘rnini to‘liq qoplamagan shaxslar muddatidan ilgari jazodan ozod qilinmaydi – loyiha

Yetkazgan zarari o‘rnini to‘liq qoplamagan shaxslar muddatidan ilgari jazodan ozod qilinmaydi – loyiha

Parlament Quyi palatasida deputatlar korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda qabul qildi.

Xususan, Jinoyat kodeksi o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilganlik, firibgarlik uchun hukm qilingan va jinoyat tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplamagan shaxs jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilinmasligini nazarda tutuvchi norma bilan to‘ldirilmoqda.

Xuddi shunday qoida takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan yoxud juda ko‘p miqdorda pora olish, pora berish, pora olish-berishda vositachilik qilganlik uchun hukm qilingan shaxslarga nisbatan ham tatbiq etilishi belgilanyapti.

O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish va firibgarlik harakatlarini mansab mavqeini suiiste’mol qilish yo‘li bilan yoki xizmat mavqeidan foydalanib sodir etish jinoyati uchun ham javobgarlik choralari og‘irlashtirilmoqda.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring