Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jinoyat kodeksida korrupsiyaga oid jinoyatlar bo‘limi paydo bo‘ladi

Jinoyat kodeksida korrupsiyaga oid jinoyatlar bo‘limi paydo bo‘ladi

Parlament Quyi palatasi deputatlar korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasini qabul qildi.

Ushbu hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik va jazo choralarini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, yoshlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishni yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilash taklif etilyapti.

Xususan, Jinoyat kodeksining sakkizinchi bo‘limi korrupsiyaga oid jinoyatlar atamasi bilan to‘ldirilib, u bilan 19 ta turdagi jinoiy qilmishlar korrupsiyaga oid jinoyatlar hisoblanishi belgilanmoqda.

Korrupsiya haqida xabar bergan shaxslarni rag‘batlantirish va himoya qilishning huquqiy kafolatlarini kuchaytirish maqsadida «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonunda korrupsiyaga oid jinoyat to‘g‘risida asosli xabar bergan shaxsga nisbatan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligini oldindan xabardor etmagan holda, intizomiy jazo choralarini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmasligi ko‘zda tutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring