Xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar ishdan bo‘shatilishi mumkin
Hukumat qarori loyihasi bilan davlat ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan xorijiy til o‘qituvchilariga qo‘yilgan malaka talablarini kuchaytirish taklif etilmoqda.
Amaldagi tartibga ko‘ra, davlat ta’lim muassasalari xorijiy tillar o‘qituvchilari belgilangan muddatlarda tegishli darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi shart. Jumladan, davlat oliy ta’lim muassasalari xorijiy til o‘qituvchilari uchun kamida S1, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari xorijiy til o‘qituvchilari uchun esa kamida V2 darajadagi sertifikat talabi belgilangan.
Endi esa Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 312-son qaroriga yangi norma kiritish taklif etilmoqda.
Unga ko‘ra, talab etiladigan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Yangi qoida qarorning 9-bandiga qo‘shimcha xatboshi sifatida kiritilishi taklif qilingan.
Agar mazkur qaror loyihasi qabul qilinsa, xorijiy til sertifikati majburiy hisoblangan lavozimlarda ishlayotgan, ammo belgilangan talabni bajarmagan pedagoglar bilan mehnat munosabatlarini bekor qilish uchun huquqiy asos yaratiladi. Bu tartib mehnat qonunchiligi talablariga muvofiq amalga oshirilishi belgilanmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter