Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiya ham muzlatilgan Rossiya aktivlaridan Ukrainaga berishga qarshi

Fransiya ham muzlatilgan Rossiya aktivlaridan Ukrainaga berishga qarshi

Parijga Rossiyaning muzlatilgan suveren aktivlarini Ukraina manfaatlariga yo‘naltirish bo‘yicha bosim kuchaymoqda. Fransiya esa Ukrainani moliyalashtirish uchun mamlakatdagi xususiy banklarda muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalanishga qarshi chiqmoqda.

Fransiyada jami 18 milliard yevro Rossiya Markaziy bankiga tegishli mablag‘lar asosan xususiy banklarda saqlanadi, ammo Parij ularning nomlarini ikki yildan beri maxfiy saqlab kelmoqda.

Fransiya hukumatining ma’lum qilishicha, xususiy banklardagi Rossiya aktivlari haqidagi ma’lumotlar tegishli qonunlar bilan himoyalangan. Shu sabab ular na ushbu banklarning ro‘yxati, na ulardagi mablag‘lardan tushayotgan foizlar haqida ma’lumotni ochiqlaydi.

Boshqa Yevropa davlatlari esa bu vaziyatdan norozi. Ular Fransiyani ma’lumotni yashiryotganlikda ayblab, umumiy Yevropa mexanizmlarini ishlatishga chaqirmoqda.

Yevrokomissiya Ukrainaga yirik hajmdagi moliyaviy yordamni ta’minlash uchun Rossiya aktivlarini garov sifatida qo‘llashni taklif qilmoqda. Yangi taklifga ko‘ra, Ukrainaga reparatsion kredit beriladi va foyda Rossiya aktivlarini hisobga olib, umumiy Yevropa bankilari orqali ta’minlanadi. Shuningdek, sxemaga faqat Euroclear emas, balki Fransiya va boshqa mamlakatlardagi xususiy banklar ham qo‘shilishi kerak.

Belgiya bu masalani faol qo‘llamoqda. Unga ko‘ra, Euroclear yagona ustidagi yukni ko‘tarib kelmoqda va Rossiya tomonidan ehtimoliy xavflar asosan unga qaratilmoqda.

Parij, garchand Ukraina uchun kredit g‘oyasini qo‘llab-quvvatlasa-da, xususiy banklarda saqlanayotgan aktivlarni sxemaga qo‘shishga qarshi. Bunga xususiy banklarning Euroclear’dan farqli o‘laroq, Rossiya oldida foiz to‘lash bo‘yicha turli shartnomaviy majburiyatlari mavjudligi, ba’zi banklar Rossiya mablag‘laridan tushgan foizlarni o‘zlarida saqlash imkoniga ega ekani hamda Rossiyaga foiz to‘lash majburiyati huquqiy tavakkallarni oshirishi mumkinligi sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.

Manbalariga ko‘ra, Fransiyadagi 18 mlrd yevroning katta qismi BNP Paribasda saqlanayotgani aytilmoqda. Credit Agricole va Societe Generale ham imkoniy gumondorlar qatorida, ammo ushbu banklar ma’lumot berishdan qat’iyan bosh tortgan.

Belgiyada ham Euroclear’dan tashqari 7 mlrd yevro xususiy banklarda muzlatilgan.

Euroclear Moskvaga foiz to‘lash majburiyatiga ega emas. Uning, 2023 yildagi foydasi – 5,4 mlrd, 2024 yil birinchi yarmidagi foydasi esa 2,4 mlrd yevroni tashkil etdi.

Bu mablag‘lar Ukrainaga ajratilgan 50 mlrd dollarlik kredit paketini ta’minlash uchun ishlatilmoqda.

Fransiya prezidenti ma’muriyati, Moliya vazirligi, Markaziy bank – barchasi ushbu masala yuzasidan izoh berishdan bosh tortmoqda.

YeI yetakchilari ikki haftadan so‘ng bo‘ladigan sammitda ushbu «reparatsion kredit» masalasini muhokama qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  AQSh ham bir nechta Yevropa Ittifoqi mamlakatlarini Ukrainaga yordam ko‘rsatish uchun Yevropada muzlatilgan Rossiya aktivlarini ishlatish rejasini qo‘llab-quvvatlamaslikka chaqirgani xabar qilingandi. 

Ma’lumot uchun, Euroclear – Belgiyada joylashgan xalqaro markaziy depozitariy bo‘lib, unda qimmatli qog‘ozlar va moliyaviy aktivlarni saqlaydi. U 1968 yili tashkil etilgan va hozir Yevropadagi eng yirik depozitariylardan biri.

2022 yilgi sanksiyalardan so‘ng Rossiyaning Yevropa hududidagi juda katta aktivlari muzlatilgan. Ulardan 191 mlrd yevro atrofidagi summa aynan Euroclear’da saqlanmoqda.

Muzlatilgan aktivlardan tushayotgan foizlar va dividendlar ham Euroclear’da qolmoqda. Jumladan:

  • 2023 yilda – 5,4 mlrd yevro,
  • 2024 yil birinchi yarmida – 2,4 mlrd yevro daromad olgan,
  • 2025 yil boshida ham milliardlab yevro foyda tushishda davom etgan.

Bu mablag‘lardan katta qismi Ukrainaga ajratilgan 50 mlrd dollarlik moliyaviy paketni ta’minlash uchun ishlatilmoqda.

Euroclear Rossiyaga hech qanday foiz to‘lash majburiyatiga ega emas — bu uning asosiy huquqiy ustunligidir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring