Germaniya Isroilga qurol eksporti taqiqini bekor qiladi
Zeit nashrining xabar berishicha, Germaniya hukumati 24 noyabrdan boshlab Isroilga qurol eksportiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qiladi.
Hukumat qurol eksporti bo‘yicha individual ishlarni qayta ko‘rib chiqadi va shunga mos ravishda javob beradi. Nemis hukumati vakili Shtefan Kornelius bu qarorga mintaqadagi vaziyatning barqarorlashishi sabab bo‘lganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, Isroil va HAMAS o‘rtasidagi sulh bitimi amal qilmoqda.
Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saar ijtimoiy tarmoqlarda Germaniya kansleri Fridrix Mersga minnatdorchilik bildirdi va boshqa davlatlarni Germaniyadan o‘rnak olishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Mers G‘azo sektoridagi vaziyat tufayli Isroilga qurol eksportini to‘xtatishini e’lon qilgandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter