Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Harbiylar pensiyasi oshirilishi mumkin — qonun loyihasi qabul qilindi

Harbiylar pensiyasi oshirilishi mumkin — qonun loyihasi qabul qilindi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida «Harbiy xizmatchilar (xodimlar) va ularning oila a’zolarining davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Hujjat harbiy xizmatchilar va ularning oilalarini pensiya bilan ta’minlash sohasini tartibga solish, pensiya tayinlash shartlari, turlari va miqdorlarini takomillashtirishga qaratilgan.

Loyihaga ko‘ra, 30 yildan ortiq xizmat qilgan harbiylar uchun pensiya hisoblashda ish haqining inobatga olinadigan ulushini 75 foizdan 100 foizgacha oshirish taklif etilmoqda. Shuningdek, pensiya hisoblash bazasini 10 baravardan 12 baravarga oshirish nazarda tutilgan.

Ta’kidlanishicha, ushbu o‘zgarishlar uzoq yillar xizmat qilgan harbiylarni rag‘batlantirish, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va harbiy xizmat jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.

Deputatlar fikricha, qonun qabul qilinishi pensiya ta’minoti tizimida yagona va barqaror mexanizmlarni shakllantirishga yordam beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring