Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Import telefonlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ilova ishga tushirildi

Import telefonlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ilova ishga tushirildi

© Unsplash / Luis Villasmil

Bojxona qo‘mitasi deklaratsiyalarni to‘ldirish uchun maxsus axborot kiosklari o‘rnatilishini e’lon qildi.

O‘zbekistonda import qilingan telefonni deklaratsiya qilishga mo‘ljallangan mobil ilova ishga tushirildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Yo‘lovchi deklaratsiyasi” ilovasiga OneID orqali kirilganda, pasport ma’lumotlari avtomatik to‘ldiriladi. Foydalanuvchi harakatlanish yo‘nalishini (kirish yoki chiqish) tanlashi hamda o‘zidagi valyuta mablag‘lari va tovarlarni ko‘rsatishi kerak bo‘ladi.

Alohida funksiya O‘zbekistonga olib kirilayotgan mobil telefonni deklaratsiya qilish imkonini beradi. Ilovada qurilmaning IMEI raqamini shtrix-kod sifatida skanerlab kiritish mumkin.

Ilovadan foydalanish uchun chegara bojxona postlarida bepul Wi-Fi hududlari tashkil etiladi. Bundan tashqari, Bojxona qo‘mitasi deklaratsiyalarni to‘ldirish uchun maxsus axborot kiosklari o‘rnatilishini e’lon qildi.

Hozir ilova Toshkent xalqaro aeroportida sinov rejimida ishlamoqda. 1 noyabrdan barcha chegara punktlarida mobil deklaratsiyani to‘ldirish imkoniyati qo‘shiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring