Jazoir Fransiyadan kechirim so‘rash va tovon to‘lashni talab qildi
Jazoir parlamenti 1830-yildan 1962-yilgacha davom etgan Fransiya mustamlakasini jinoyat deb e’lon qildi. Qabul qilingan qonunga ko‘ra, bu bosqinni ulug‘lash taqiqlandi, Fransiya rasman kechirim so‘rashi va tovon to‘lashi shart.
Jazoir 130 yildan ortiq Fransiyaning mustamlakasi bo‘lgan. Mamlakat 1962-yilda milliy-ozodlik urushi natijasida mustaqillikka erishdi. Shuning barobarida, Fransiya 1966-yilgacha Jazoir hududida yadro sinovlarini o‘tkazishda davom etgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter