Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil Fransiya bilan harbiy sohadagi hamkorlikni to‘xtatyapti

Isroil Fransiya bilan harbiy sohadagi hamkorlikni to‘xtatyapti

Fransiyaning harbiy yuk ortilgan samolyotlar uchun o‘z havo hududini ochishdan bosh tortishi Isroil bilan munosabatlarda keskin burilish yasadi. Oqibatda Iyerusalim Parij bilan mudofaa sohasidagi hamkorlikni qisqartirish, ayrim yo‘nalishlarda esa to‘liq to‘xtatishga qaror qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil hukumati Fransiyadan mudofaa mahsulotlari xaridini sezilarli darajada qisqartirish, shuningdek, yangi shartnomalar tuzishdan voz kechish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Shu bilan birga, Fransiyaga harbiy mahsulot eksportini ham vaqtincha to‘xtatish rejalashtirilgan.

Bu qarorga bir necha yil davomida to‘planib kelgan kelishmovchiliklar sabab bo‘lgan bo‘lsa-da, hal qiluvchi omil sifatida Fransiyaning Isroilga yo‘naltirilgan harbiy yuklar uchun o‘z havo hududini bermagani ko‘rsatilmoqda. Manbalarga ko‘ra, aynan shu voqea hamkorlik siyosatiga qayta baho berish jarayonini tezlashtirgan.

Qaror yuqori darajada – mudofaa vaziri ishtirokida va davlat rahbariyati roziligi bilan qabul qilingan. Amaldagi shartnomalar saqlanib qoladi, biroq davlat ishtirokini talab qiladigan yirik kelgusidagi kelishuvlar xavf ostida qolmoqda.

Vaziyat AQSh prezidenti Donald Trampning Parij pozitsiyasini ochiq tanqid qilishi ortidan yanada keskinlashdi. U Fransiyani harbiy yuklar bilan uchuvchi samolyotlarga ruxsat bermagani uchun «amalda hech qanday yordam ko‘rsatmadi» deb baholab, Vashington bu holatni «eslab qolishini» ta’kidladi

Isroil rasmiylari bu inqirozni yakka holat emas, balki munosabatlar izchil yomonlashib borayotganining bir qismi sifatida baholamoqda. Xususan, Fransiya tomonidan qurol-yarog‘ yetkazib berishga qo‘yilgan cheklovlar, Yaqin Sharqdagi harbiy operatsiyalar yuzasidan bosimlar va isroillik mudofaa kompaniyalarining xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirokini cheklash kabi omillar ta’kidlanmoqda.

Shuningdek, Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Falastin davlatini tan olishga oid pozitsiyasi ham Iyerusalimda salbiy qabul qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring