Kongoda Ebola virusi avj oldi: o‘nlab kishilar vafot etdi
Kongoda Ebola virusi avj oldi. Afrika Kasalliklarni Nazorat qilish va Oldini Olish Markazlari (Africa CDC) Kongoning Ituri provinsiyasida Ebola epidemiyasi avj olganini tasdiqladi.
Tashkilot matbuot xizmati bu haqda X tarmog‘ida xabar berdi.
Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, 246 ta holat qayd etilgan. Oltmish besh kishi vafot etgan, ulardan to‘rttasiga rasman tashxis qo‘yilgan.
Ebola ichki va tashqi qon ketishiga olib keladi va immun tizimi va ichki organlarga zarar yetkazadi. Tez tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, o‘lim darajasi 30 foizdan 90 foizgacha yetishi mumkin.
Kongoda eng so‘nggi, 16-chi epidemiya o‘tgan yilning sentyabr oyida qayd etilgan. Ushbu epidemiya 15 kishining hayotiga zomin bo‘lgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter