Krishtianu Ronaldu kinoda o‘ynaydi
Krishtianu Ronaldu «Forsaj»ning yangi qismida suratga tushishi mumkin.
Ushbu kinoseriyaning bosh qahramoni Vin Dizel (Dominik Toretto) futbolchi uchun alohida rol ishlanayotganini ma’lum qildi.
«Forsaj 11» premerasi 2027-yil apreliga mo‘ljallangan. Taxminlarga ko‘ra, bu mashhur kinoseriyaning so‘nggi filmi bo‘ladi. Birinchi «Forsaj» olinganiga salkam chorak asr bo‘ldi — 2001-yilda namoyish etilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter