Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ronalduning samolyoti shoshilinch tarzda Saudiya Arabistonini tark etdi. Futbolchining o‘zi qayerda ekani noma’lum

Ronalduning samolyoti shoshilinch tarzda Saudiya Arabistonini tark etdi. Futbolchining o‘zi qayerda ekani noma’lum

Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubida to‘p surayotgan hujumchi Krishtianu Ronalduga tegishli xususiy samolyot Madridga parvoz qilgan. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.

Layner dronlarning Ar-Riyoddagi AQSh elchixonasiga hujumidan ko‘p o‘tmay Ispaniya poytaxtiga qo‘ngan.

Samolyot yo‘nalishi Misr havo hududi va O‘rta yer dengizi orqali o‘tgan. Biroq britan nashri 41 yoshli futbolchining parvoz vaqtida bortda bo‘lgan-bo‘lmagani haqida aniq ma’lumotga ega emas.

Shoshilinch parvoz mintaqadagi vaziyat keskinlashgani bilan bog‘lanmoqda. Avvalroq AQSh va Isroil tomonidan Eronga qarshi harbiy operatsiya boshlangani haqida xabarlar tarqalgan, Tehron esa bunga javoban qo‘shni mamlakatlardagi raqib bazalariga keng ko‘lamli hujumlar uyushtirishini ma’lum qilgan edi.

Krishtianu Ronaldu 2022 yil dekabridan buyon Saudiya chempionatida to‘p surib kelmoqda. U besh karra “Oltin to‘p” sohibidir. Futbolchi to‘qqiz yil davomida "Real Madrid" sharafini himoya qilgan va klub afsonasi sifatida e’tirof etiladi, shuningdek Madridda ko‘chmas mulkka ham ega.

Hozircha futbolchining o‘zi yoki klubi rasmiylari shaxsiy samolyotning nega uchib ketgani va portugaliyalik o‘yinchining qayerda ekani yuzasidan rasmiy bayonot bermagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring