Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligida qator tayinlovlar amalga oshirildi

Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligida qator tayinlovlar amalga oshirildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida bir qator yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Unga ko‘ra, sohadagi turli yo‘nalishlarga mas’ul rahbar va mutaxassislar lavozimlarga tasdiqlandi.

Jumladan:

  • Burxon Axmedov — Ichki audit departamenti direktori;
  • Baxadir Dadabayev — Jamoatchilik asosida vazirning murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha maslahatchisi;
  • Baxtiyor Amirov — Vazir yordamchisi;
  • Behzod Xo‘jaqulov — Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasi boshlig‘i;
  • Xusan G‘aniyev — Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish boshqarmasi boshlig‘i;
  • Dilshod Yusupov — Hududlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarma boshlig‘i;
  • Rustam Uktamov — Infratuzilmani rivojlantirish va binolarni ekspluatatsiya qilish boshqarmasi boshlig‘i;
  • Azamat Nishanov — Davlat xususiy sheriklikni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i;
  • Qahramon Almardanov — O‘quv jarayonini metodik ta’minlash va darsliklar boshqarmasi boshlig‘i;
  • Sirojiddin Abdukarimov — Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, raqamlashtirish va sun’iy intellektni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring