Namanganda 3,2 mlrd so‘mlik dori vositalari yoqish yo‘li bilan yo‘q qilindi
Majburiy ijro byurosi Namangan shahar bo‘limi tomonidan qonun hujjatlari talablariga muvofiq ravishda ijro hujjatlarining bajarilishini ta’minlash maqsadida navbatdagi amaliy tadbir tashkil etildi.
Ushbu tadbir doirasida sud va boshqa vakolatli organlar qarorlariga asosan muomaladan chiqarilgan hamda yo‘q qilinishi belgilangan mahsulotlarni bartaraf etish ishlari amalga oshirildi.
Tadbirda tegishli davlat va nazorat organlari vakillari ishtirok etdi. Bu esa jarayonning ochiq-oshkoraligi, qonuniyligi va belgilangan tartiblarga qat’iy rioya etilgan holda o‘tkazilishini ta’minladi.
Ma’lum qilinishiga ko‘ra, mazkur ijro harakatlari doirasida jami 6 ta ijro hujjati bo‘yicha umumiy qiymati 3,2 milliard so‘mni tashkil etuvchi 340 turdagi dori vositalari va tibbiyot uskunalari yo‘q qilindi.
Ushbu mahsulotlar belgilangan tartibda yoqish va to‘kish usullari orqali bartaraf etildi.
Yo‘q qilingan dori vositalari va tibbiy buyumlar inson salomatligiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan, sifati kafolatlanmagan yoki qonun talablariga zid ravishda muomalaga kiritilgan mahsulotlar hisoblandi. Shu sababli ularni muomaladan chiqarish va yo‘q qilish orqali aholi salomatligini muhofaza qilish hamda qonunbuzarliklarning oldini olishga alohida e’tibor qaratildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter