NASA Oyga uchirgan kosmik kema hojatxonasida nosozlik chiqqan
Kecha, 1-aprel kuni Oyga parvoz qilgan Orion kosmik kemasida texnik muammo yuzaga kelgan.
NASA agentligining xabar qilishicha, parvoz davomida ekipaj kema hojatxonasi tizimida nosozlik aniqlanganini ma’lum qilgan. Mutaxassislar holatni tezkor tahlil qilib, ekipaj bilan birgalikda muammoni hal qildi va tizim odatiy ishlash holatiga qaytarilgan.
«Shu bilan birga, 1-aprel kuni rejalashtirilgan orbita parametrlarini o‘zgartirish manyovri oldidan kemada signal chirog‘i yonib, yana bir texnik ogohlantirish qayd etildi. Nazorat markazi ma’lumotlarni o‘rganib chiqib, ekipajga aniq ko‘rsatmalar berdi va ushbu muammo ham bartaraf etildi», – deyiladi Agentlik xabarida.
Hozirda ekipaj reja asosida dam olish rejimiga o‘tgan. Astronavtlar to‘rt soatlik uyqudan so‘ng 2-aprel kuni ertalab uyg‘otilib, keyingi muhim bosqichga tayyorlanadi.
«Missiya reja asosida davom etmoqda va barcha tizimlar nazorat ostida ishlamoqda», – deyiladi xabarda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter