«Artemida-2» missiyasi zafarli yakunlandi
«Artemida-2» missiyasi ekipaji.
«Artemida-2» missiyasi ekipaji Oyning orqa tomoni bo‘ylab amalga oshirilgan tarixiy 10 kunlik sayohatni yakunlab, Tinch okeaniga muvaffaqiyatli qo‘ndi.
Bu insoniyatning 1972-yildan buyon Oy tomon tashlagan ilk ulkan qadami bo‘ldi. Fazogirlar nafaqat Yerning tabiiy yo‘ldoshiga yaqin borishdi, balki uning bizga ko‘rinmas, sirli tomonini ham o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib qaytishdi.
«Orion» fazoviy kemasi insoniyat tarixida misli ko‘rilmagan masofaga — Yerdan naq 406 608 kilometr olisgacha yetib bordi. Bu fazoviy sayohatlar tarixidagi eng yuqori nuqta sifatida muhrlandi.
Yangi qahramonlar — «Artemida-2» missiyasi ekipaji a’zolari:
- Rid Uayzmen — missiya komandiri. Tajribali uchuvchi va Xalqaro koinot stansiyasida ishlagan NASA astronavti.
- Viktor Glover — uchuvchi. U Oy orbitasiga chiqqan ilk afroamerikalik fazogir sifatida tarixga kirdi.
- Kristina Kuk — missiya mutaxassisi. U Oyga parvoz qilgan ilk ayol kishi bo‘ldi. Kristina, shuningdek, ayollar orasida koinotda eng uzoq vaqt qolish bo‘yicha rekordchi hisoblanadi.
- Jeremi Hansen — missiya mutaxassisi. Kanadalik fazogir, u Oy orbitasiga chiqqan ilk AQSh fuqarosi bo‘lmagan shaxsga aylandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter