Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

NASA muhandisining sirli o‘limi: Olimlarning ketma-ket yo‘qolishi ortida nima turibdi?

NASA muhandisining sirli o‘limi: Olimlarning ketma-ket yo‘qolishi ortida nima turibdi?

Foto: New York Post

AQShning Alabama shtatida NASAning 29 yoshli muhandis-yadrochisi Joshua Leblanning jasadi aniqlandi. U qariyb bir yil davomida bedarak yo‘qolgan deb hisoblanayotgan edi.

New York Post nashri ma’lumotlariga ko‘ra, mutaxassisning o‘limi 2025-yil 22-iyul kuni Hantsvillda yuz bergan. Leblanning oilasi uning yo‘qolgani haqida o‘sha kuni ertalab tegishli organlarga xabar bergan: muhandis aloqaga chiqmagan va ishxonasiga bormagan. Qarindoshlari uning o‘g‘irlab ketilganini taxmin qilishgan edi.

Xabarga ko‘ra, Leblan Tesla elektromobili to‘siq va daraxtga urilishi oqibatidagi yong‘inda halok bo‘lgan. Alabama sud-tibbiyot fanlari departamenti halok bo‘lgan shaxsning kimligiga oradan uch kun o‘tib aniqlik kiritgan. Oradan shuncha vaqt o‘tib, qarindoshlari Leblan ushbu avtomobilda bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini tasdiqlashdi.

Joshua Leblan NASAda ishlayotganiga besh yarim yildan oshgandi. U kosmik yadroviy dvigatellar, jumladan, DRACO loyihasi uchun boshqaruv tizimlarini ishlab chiquvchi guruh rahbari edi. Nashr qayd etishicha, Leblanning o‘limi — yadro fani va kosmik tadqiqotlar sohasida ishlagan boshqa olimlarning o‘limi va yo‘qolishi bilan bog‘liq holat bo‘lishi mumkin.

Qayd etish joizki, so‘nggi ikki yil ichida NUJ (noma’lum uchuvchi jismlar)ni tadqiq qilgan, shuningdek, yadroviy tadqiqotlar sohasida faoliyat yuritgan 10 nafar olim o‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan. Yaqinda 11-qurbon aniqlandi, u 2022-yilda halok bo‘lgan edi. Mana endi halok bo‘lgan, o‘ldirilgan yoki bedarak yo‘qolgan amerikalik yadrochilar va fazoviy soha olimlari ro‘yxatiga Joshua Leblan nomi ham qo‘shildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring