«Neftchi» oltinchi marta O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston chempionatining 29-turida Farg‘onaning «Neftchi» klubi o‘z maydonida «Qizilqum»ni mag‘lubiyatga uchratib, Superliga-2025 chempioni bo‘ldi.
Uchrashuv 4:1 hisobida farg‘onaliklarning ishonchli g‘alabasi bilan yakuniga yetib, ular muddatidan oldin Superliga chempioniga aylanishdi. Shu tariqa «Neftchi» o‘z tarixida 6-marta mamlakat chempioni bo‘ldi.
Superliga. 29-tur
Neftchi – Qizilqum 4:1
Gollar: Alisher Odilov, 3 (1:0), Alisher Odilov, 19 (2:0), Shohruz Norxonov, 60 (2:1), Jamshid Iskandarov, 66 (3:1), Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, 87 (4:1).


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter