Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nepalda 229 nafar shaxsi aniqlanmagan qurbon dafn etildi

Nepalda 229 nafar shaxsi aniqlanmagan qurbon dafn etildi

Nepaldagi halokatli suv toshqinlaridan so‘ng shaxsini aniqlash imkoni bo‘lmagan 229 nafar qurbon dafn etildi. Dafndan oldin ulardan DNK namunalari olinib, har bir jasadga identifikatsiya raqami berilgan.

29-avgust holatiga ko‘ra, mamlakatda kamida 626 kishi halok bo‘lgan, qariyb 2,5 ming kishi bedarak yo‘qolgan.

Eng og‘ir vaziyat Chitvan okrugida kuzatilmoqda. U yerda 233 nafar qurbonning jasadi topilgan. Ayrim jasadlar suv oqimi bilan qariyb 100 kilometrgacha oqib ketgani sababli ularni tanib olish juda qiyinlashgan.

Tergovchilar qurbonlarni kiyim-kechak, taqinchoq, barmoq izlari va tatuirovkalar orqali aniqlashga urinmoqda. Bu usullar natija bermasa, DNK tahlilidan foydalaniladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring