Nepalda suv toshqini qurbonlari vaqtinchalik ommaviy qabrlarga dafn etilmoqda
Nepalda suv toshqini qurbonlari orasida shaxsi aniqlanmaganlarni dafn etish ishlari boshlandi.
Bu qaror halok bo‘lgan va bedarak yo‘qolganlarning yaqinlari orasida norozilikka sabab bo‘ldi. Ayrim oilalar dafn marosimlari ularning roziligisiz va zarur diniy hamda milliy urf-odatlar bajarilmasdan o‘tkazilayotganidan norozi bo‘lgan.
Hukumat shoshilinch dafn ishlarini qurbonlar soni ko‘pligi va jasadlarning buzilishi natijasida infeksiyalar tarqalishi xavfi bilan izohlamoqda.
Dafndan oldin har bir jasaddan DNK namunasi olinmoqda. Rasmiylar keyinchalik shaxsi aniqlangan qurbonlarning yaqinlariga jasadlarni eksgumatsiya qilish va o‘z urf-odatlariga muvofiq qayta dafn etish imkoni berilishini ma’lum qilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter