Octobank’da biznes uchun bank xizmatlari — endi xalqaro pul o‘tkazmalari yanada foydaliroq
Octobank’da xalqaro pul o‘tkazmalari yanada arzonlashdi, valyuta konvertatsiyasi esa — foydaliroq bo‘ldi. Bank korporativ mijozlar uchun xorijiy valyutadagi asosiy operatsiyalar bo‘yicha tariflarni pasaytirmoqda, bu esa biznesga xorijiy hamkorlar bilan hisob-kitoblarda tejash imkonini beradi.
«Biznes uchun har bir operatsiyada tezlik, ishonchlilik va tejamkorlik muhim. Octobank’da biz xalqaro pul o‘tkazmalari va valyuta operatsiyalarini biznes uchun maksimal darajada foydali qilmoqdamiz. Tariflarni pasaytirish — bu biz uchun xorijda eksport, import va hamkorlikni rivojlantiruvchi kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlashning bir usuli», - deya ta’kidladi Octobank matbuot xizmati.
Tariflardagi asosiy o‘zgarishlar:
• Chet elga xorijiy valyutada amalga oshiriladigan pul o‘tkazmalari uchun komissiya endilikda valuta turiga qarab summaning 0,1% — 0,15% miqdorida belgilanadi. Bu tariflar qisman xarajatli (SHA) hamda benefitsiar uchun xarajatsiz (OUR) o‘tkazmalar uchun qo‘llanadi.
• «OUR» va «SHA» opsiyalari bo‘yicha bank-korrespondent xarajatlarini qoplash komissiyasi — 2 BHM (QQS bilan);
• SWIFT/TELEX-xabarlari — atigi 0,25 BHM, bu avvalgi tarifdan 4 baravar arzon.
Bu biznes uchun nimaga muhim:
• konvertatsiya va xalqaro to‘lovlardagi tejamkorlik bitimlarning rentabelligini oshiradi;
• qulay valyuta kurslari hamkorlar bilan hisob-kitoblarni yengillashtiradi;
• tariflarning pasaytirilishi komissiyalarni yo‘qotmasdan operatsiyalarni tezroq va arzonroq amalga oshirish imkonini beradi.
Pasaytirilgan tariflar 2025 yil 15 noyabrdan kuchga kirdi. Tariflarning yangi tahriri bilan batafsil Octobank saytida tanishishingiz mumkin.
E-mail: info@octobank.uz
Facebook: fb.com/octobank.aj
Instagram: @octobank_aj
Telegram: https://t.me/Octobank_AJ
Hisob raqamini ochish uchun quyidagi telefon raqamlarga murojaat qiling:


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter