Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oltin qiymati 4 150 dollarga yetdi

Oltin qiymati 4 150 dollarga yetdi

Foto: Freepik

Kecha, dushanba kuni jahon bozorlarida oltinning «rekordli yurishi» davom etdi. Xususan, Nyu-York Comex birjasida dekabr fyuchersi savdolar tarixida birinchi marta bir unsiya uchun 4 100 dollardan oshdi.

Toshkent vaqti bilan soat 16:05 da oltin qiymati oldingi savdolar yopilishiga nisbatan 2,44 foizga qimmatlashib 4 098 dollarga yetdi.

Savdo amaliyotlari chog‘ida mutlaq rekord o‘rnatildi — qisqa muddatga oltin narxi bir unsiyasi uchun 4 103,81 dollargacha ko‘tarildi.

Oltin o‘zi bilan kumushni ham tortmoqda — ushbu metall dekabr fyuchersi 5,21 foizga qimmatlab, bir unsiyasi 49,71 dollarga yetdi.

Ekspertlar oltin qimmatlashishini mablag‘larning ETF-fondlar (birja investitsiya fondlari)ga oqimi ko‘paygani bilan izohlashyapti. Sentyabrda jahon sarmoyadorlari ushbu fondlarga 15,5 mlrd dollar kiritishgan, bu tarixdagi ikkinchi katta ko‘rsatkich. Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil davomida oltin qiymati 50 foizdan ko‘proq oshgan.

P.S. So‘nggi xabarga ko‘ra, Comex birjasida oltin narxi bir troya unsiyasi uchun 4 150 dollarga yetdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring