Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘qituvchilar qanday imtiyozlarga ega?

O‘qituvchilar qanday imtiyozlarga ega?

Illyustrativ foto

O‘zbekiston qonunchiligida o‘qituvchilar uchun qator imtiyozlar ko‘zda tutilgan.

Jumladan:

  • Bolalarga ta’lim-tarbiya beradigan barcha pedagog xodimlar doimiy ravishda bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
  • Pedagoglar uchun 56 kunlik yillik haq to‘lanadigan uzaytirilgan ta’tillar beriladi.
  • Pedagoglar xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga ko‘pi bilan 36 soat qilib belgilanadi.
  • Maktab o‘qituvchilariga faoliyatni baholash mezonlari asosida 10 foizdan 40 foizgacha, kutubxonachi va psixologlarga 10 foizdan 20 foizgacha ustama belgilanadi.
  • Fan olimpiadasi g‘olibini tayyorlagan o‘qituvchilar rag‘batlantiriladi.
  • O‘qituvchilar kasal bo‘lib qolganida moddiy yordam beriladi.
  • Olimpiada g‘olibi bo‘lgan o‘qituvchilarga 150 foizgacha ustama beriladi
  • «Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab» tanlovi g‘olibi bo‘lgan maktabga yarim milliard so‘m beriladi.
  • Inklyuziv sinf o‘qituvchilariga 40 foizgacha ustama beriladi.
  • Olis hududlarda dars berayotgan o‘qituvchilarga 50 foizgacha ustama beriladi.
  • Matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha xalqaro va respublika olimpiadalari g‘oliblarini tayyorlagan professor-o‘qituvchilarga pul mukofoti beriladi.
  • Ko‘p yillik stajga ega pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb qilinmaydi.
  • Xalqaro fan olimpiadalarini tayyorlagan o‘qituvchilarga malaka toifasi attestatsiyasiz beriladi.
  • Respublika fan olimpiadasi g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar malaka toifasi bir pog‘ona oshiriladi.
  • Tibbiyot sohasi professor-o‘qituvchilariga davolash-tashxis ishlarini bajarganliklari uchun qo‘shimcha haq to‘lanadi.
  • O‘qituvchilarning faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik bor.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring