Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston – Turkmaniston munosabatlarida ijobiy sur’at va faol aloqalar qayd etildi

O‘zbekiston – Turkmaniston munosabatlarida ijobiy sur’at va faol aloqalar qayd etildi

17 noyabr kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning tor doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu davlat tashrifi so‘nggi yillarda namunali tus olgan O‘zbekiston – Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘lishi ta’kidlandi.

Barcha sohalarda erishilayotgan ijobiy sur’at va faol aloqalar mamnuniyat bilan qayd etildi. Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishlari, shuningdek, madaniy tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Tashrif arafasida Urganch hamda Toshkentda o‘tkazilgan Turkmaniston madaniyati kunlari va filmlari namoyishlari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

O‘tgan yili tovar ayirboshlash 1 milliard dollardan oshdi. Yuk tashish hajmi ortib bormoqda, jumladan, Turkmanboshi portidan foydalanish faollashgan.

Muzokaralarda o‘zaro savdoni ko‘paytirish va sanoat, energetika, transport, mashinasozlik, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida samarali kooperatsiyani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Hududlararo almashinuvlarni yanada kengaytirish muhimligi ta’kidlandi. Xiva shahrida uchinchi Hududlar forumini o‘tkazishga kelishib olindi.

Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring